Sport

«Oltin toʻp – 2026» sovriniga 30 nafar nomzod eʼlon qilindi

Rodri, Mbappe, Messi, Vinisius va Keyn roʻyxatda bor, Ronaldu yoʻq. Sovrinini topshirish marosimi 26-oktabr kuniga rejalashtirilgan.

«Oltin toʻp – 2026» sovriniga daʼvogar 30 nafar nomzod nomi oshkor qilindi

Jahon futbolidagi eng nufuzli shaxsiy mukofotlardan biri bo‘lgan «Oltin toʻp – 2026» uchun kurashadigan 30 futbolchining roʻyxati maʼlum bo‘ldi. Nomzodlar sovrin asoschisi France Football jurnali tomonidan tashkil etilgan maxsus tadbirda eʼlon qilindi.

«Oltin toʻp – 2026» nomzodlari: Jud Bellingem («Real Madrid»), Pau Kubarsi («Barselona»), Mark Kukurelya («Real Madrid»), Usmon Dembele («PSJ»), Luis Dias («Bavariya»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Erling Holand («Manchester Siti»), Gabriel Magalyayns («Arsenal»), Harri Keyn («Bavariya»), Ashraf Hakimiy («PSJ»), Lamin Yamal («Barselona»), Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ»), Markinos («PSJ»), Sadio Mane («An-Nasr»), Lautaro Martines («Inter»), Kilian Mbappe («Real Madrid»), Nunu Mendesh («PSJ»), Lionel Messi («Inter Mayami»), Maykl Olise («Bavariya»), Joau Nevesh («PSJ»), Vilyam Pacho («PSJ»), Xulian Kinyones («Al-Qodisiya»), Deklan Rays («Arsenal»), Rodri («Barselona»), Fabian Ruis («PSJ»), Ferran Torres («PSJ»), Vilyam Saliba («Arsenal»), Dayo Upamekano («Bavariya»), Vinisius Junior («Real Madrid»), Vitinya («PSJ»).

«Oltin toʻp – 2026»ni topshirish marosimi 26-oktabrga belgilangan. Tadbir Londonda o‘tkaziladi. Bu marosim tarixda 70-marta, yaʼni yubiley tarzida tashkil etilmoqda. Eslatib oʻtamiz, gʻolib FIFA reytingining kuchli 100 taligiga kiruvchi mamlakatlardan 100 nafar jurnalistning ovozlari asosida aniqlanadi.

Sovrinning amaldagi egasi «Pari Sen-Jermen» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele hisoblanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.