Olti oyda eng koʻp chaqaloq Namangan shahrida tugʻildi
2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonda 373 389 ta tirik tugʻilish qayd etildi. Tuman va shaharlar orasida Namangan shahri 8 181 ta tugʻilish bilan birinchi oʻrinni egalladi.

Olti oy davomida eng ko‘p chaqaloq Namangan shahrida dunyoga keldi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlarda Urgut tumani va Andijon shahri qayd etilgan. Ularda mos ravishda 7 014 ta va 6 306 ta tirik tug‘ilish ro‘yxatga olingan.
Mazkur davrda eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan tuman va shaharlar o‘ntaligi quyidagicha:
Namangan shahri — 8 181
Urgut tumani — 7 014
Andijon shahri — 6 306
Samarqand shahri — 5 559

