Mahalliy

Namanganda katerlar to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Hodisa 23 avgust kuni soat 19:55 da To‘raqo‘rg‘on tumani Gulqishloq MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Sirdaryo»

Namangan viloyatida ikki kater ishtirokidagi to‘qnashuv natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Voqea 23-avgust kuni kechki soat 19:55 da To‘raqo‘rg‘on tumanining Gulqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryoda yuz bergan.

Ushbu hodisa oqibatida bir fuqaro voqea joyida vafot etgan bo‘lsa, yana bir jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada jon bergan.

Mazkur holat bo‘yicha hozirda mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.