Mahalliy

Olot tumani hokimiga “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni berildi

Nargiza Ne’matovaning ko‘p yillik samarali mehnati, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘lidagi xizmatlari uchun prezident uni mukofotlashga qaror qildi.

Olot tumani hokimiga “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni topshirildi

Buxoro viloyatining Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni Buxoro viloyatidagi yig‘ilishda Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova o‘z hududini kompleks rivojlantirishda alohida jonbozlik ko‘rsatayotganini qayd etib, davlat va boshqaruv idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘lidagi xizmatlari uchun uni “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlashga qaror qilganini ma’lum qildi.

Shu kuni viloyat hokimligida davlat mukofotini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nargiza Ne’matovaga mukofotni viloyat hokimi Botir Zaripov prezident nomidan topshirdi.

Hokimlik xabarida aytilishicha, ushbu davlat mukofoti uning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonidagi faol ishtiroki, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, joylarda mavjud muammolarga yechim topish, shuningdek, xalq manfaatlari yo‘lida olib borayotgan samarali mehnatining munosib e’tirofi bo‘ldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.