Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi

3−4-noyabr kunlari prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida bo‘ladi. Davlat rahbari tarixiy merosni asrash, turizm, sanoat va qishloq xo‘jaligi loyihalari bilan tanishadi. Shuningdek, yangi obyektlar qurilishini boshlab, viloyatni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi.

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga boradi

Seshanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi, deya davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari hududda tarixiy merosni asrash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi istiqbolli loyihalar bilan tanishadi.

Ikki kunlik tashrif dasturida yangi quvvatlarni ishga tushirish, yangi obyektlar qurilishiga start berish hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazish ham bor.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.