Iqtisodiyot

Oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tashkilotlar huzuridagi korxonalar qanday qoʻllab-quvvatlanadi

Ilmiy ishlanmalar asosida mahsulotlar chiqaradigan va xizmatlar koʻrsatadigan «spin-off» korxonalarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash tartibi tasdiqlandi. Ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash boʻyicha loyihalar tanlov asosida moliyalashtiriladi.

Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar huzuridagi korxonalar qanday qoʻllab-quvvatlanadi

VMQning 554-sonli qarori bilan ilmiy ishlanmalar asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va xizmatlar koʻrsatadigan «spin-off» korxonalarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash tartibi tasdiqlandi. Hujjatda, shuningdek, ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash boʻyicha loyihalarni tanlov asosida moliyalashtirish ham koʻzda tutilgan.

«Spin-off» korxonalari tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish uchun oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar huzurida tashkil etiladi.

Korxonani Ilmiy-innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritish uchun OTM yoki ilmiy tashkilotning ustav kapitalidagi ulushi kamida 25 foizni tashkil etishi kerak. Bundan tashqari, asoslangan biznes-reja hamda chiqarilayotgan mahsulot yoki koʻrsatilayotgan xizmatlar muassisning ishlanmalariga asoslanganligi boʻyicha tasdiq talab qilinadi. Ustav kapitali byudjetdan tashqari mablagʻlar, venchur fondlari, mahalliy va xorijiy investorlar hamda boshqa ruxsat etilgan manbalar hisobidan shakllantirilishi mumkin.

Reyestrga kiritish boʻyicha arizalar elektron platforma orqali topshiriladi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi 10 ish kuni ichida texnik ekspertiza oʻtkazadi. Soʻng ariza maxsus kengash tomonidan koʻrib chiqiladi.

Reyestrga kiritilganlik haqidagi guvohnoma ijobiy qaror qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida beriladi. Uning amal qilish muddati besh yilni tashkil etadi.

Reyestrga kiritilgan va patentlangan ilmiy ishlanmalar asosida mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar ijtimoiy soliqdan tashqari, qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyoz va preferentsiyalardan foydalanishlari mumkin boʻladi. Patentlanmagan ishlanmalar asosida tovarlar ishlab chiqaradigan yoki xizmatlar koʻrsatadigan korxonalar uchun 2026 yil 1 maydan 2029 yil 1 maygacha boʻlgan davrda foyda soligʻi stavkasini 50 foizga kamaytirish nazarda tutilgan.

OTMlar va ilmiy tashkilotlar oʻz shoʻʼba korxonalariga binolarni taqdim etishi, yer uchastkalarini besh yilgacha muddatga ijaraga berishi, shuningdek, uch yil ichida qaytarish sharti bilan oʻzlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyaviy yordam koʻrsatishi mumkin boʻladi.

5 yilni tashkil etuvchi investitsiya davri mobaynida, hujjatda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, korxonadagi davlat ulushini xususiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Muddat tugagach, ulushni bozor qiymatida sotib olish boshqa ishtirokchilarga taklif etiladi, ular rad etgan taqdirda esa — ochiq auktsionga qoʻyiladi. TUshgan mablagʻlar muassisning innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda «spin-off» korxonalari reyestri yuritilishini taʼminlashi kerak. Agentstvo, shuningdek, Fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishga muntazam ravishda tanlovlar oʻtkazib boradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.