Iqtisodiyot

Dual ta’limda eng yaxshi OTM va korxonalarga 3 mlrd so‘mgacha beriladi

2027/2028-o‘quv yili yakunidan dual ta’lim samaradorligi reytingi yuritiladi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan uchtadan OTM va

Dual ta’limda eng yaxshi OTM va korxonalarga 3 mlrd so‘mgacha beriladi

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda 2027/2028-o‘quv yili yakunidan boshlab dual ta’lim shakli bo‘yicha OTM va buyurtmachi korxonalarning samaradorlik reytingi yuritiladi.

Reytingda dual ta’lim bilan qamrab olingan talabalar ulushi, ularning o‘rtacha ish haqi hamda o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvor ahamiyat beriladi.

Eng yuqori natija qayd etgan uchta oliy ta’lim tashkiloti va korxona reytingdagi o‘rniga qarab rag‘batlantiriladi. Birinchi o‘rin uchun 3 mlrd so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 2 mlrd so‘m va uchinchi o‘rin uchun 1 mlrd so‘m ajratiladi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab muhandislik, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi ta’lim sohalarida dual ta’lim olayotgan har bir talaba uchun korxona tomonidan to‘langan ish haqi xarajatlarining 50 foizi o‘quv yili yakunida subsidiya sifatida qoplanadi.

Shuningdek, dual ta’limga qabul qilingan talabalar soniga mutanosib ravishda korxonalarga «Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi» platformasida qo‘shimcha ballar beriladi.

Korxonalar tomonidan OTM hududida dual ta’lim uchun amaliyot bazasini tashkil etish maqsadida olib kelinadigan jihozlar, uskunalar va laboratoriya jihozlariga nisbatan bojxona boji stavkasi 2030-yil 1-yanvarga qadar 1 foiz etib belgilanadi.

Dual ta’lim dasturi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun korxonalar xarid qilgan o‘quv uskunalari va jihozlariga uch yil muddatga tezlashtirilgan amortizatsiya qo‘llash huquqi beriladi.

Dual ta’limni samarali tashkil etgan OTM va korxonalarni aniqlash uchun tanlov o‘tkazish ham nazarda tutilgan. Unda talabalar qamrovi, ularga to‘lanadigan ish haqi, o‘zlashtirish darajasi va bitiruvchilarning bandligi asosiy mezonlar sifatida baholanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.