Texnikumlar huzurida korxonalar ochiladi: 1 mlrd soʻmgacha grant beriladi
Davlat texnikumlari huzurida oʻquvchilarning startap loyihalarini amalga oshiradigan spin-off korxonalari tashkil etiladi. Ularga 1 mlrd soʻmgacha grant ajratish hamda texnikumning boʻsh bino va maydonlaridan besh yilgacha bepul foydalanish imkoniyatini berish tartibi belgilandi.

Texnikumlar qoshida korxonalar tashkil etiladi: 1 mlrd soʻmgacha grant ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 524-son qarori bilan texnikumlar huzurida spin-off korxonalarini tashkil etish haqidagi nizom tasdiqlandi.
Mazkur korxonalar yangi ishlanmalar va startaplar asosida mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyadi. Bu jarayonga texnikum oʻquvchilari ham jalb etilib, ularning amaliy koʻnikmalari va bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratiladi.
2026-yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamida bittadan texnikum huzurida namunaviy spin-off korxonasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Ushbu nizom nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
Korxona tashkil etish tashabbusi bilan texnikumning oʻzi, jismoniy yoki yuridik shaxslar chiqishi mumkin. Ariza Kasbiy taʼlim agentligining EMIS PT axborot tizimi orqali topshiriladi. Unga taʼsis hujjatlari, biznes-reja, texnik asos va moliyaviy hisob-kitoblar ilova qilinadi.
Arizalar maxsus komissiya tomonidan 10 kun ichida koʻrib chiqiladi. Zarurat tugʻilganda bu muddat yana besh kunga uzaytirilishi mumkin. Loyiha taqdimoti ochiq muhokama shaklida oʻtkaziladi.
Korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda uning ustav fondida texnikum ulushi kamida 25 foiz boʻlishi shart. Davlat ulushini besh yil davomida xususiylashtirish taqiqlanadi.
Startap loyihalarini amalga oshirish uchun Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasidan 1 mlrd soʻmgacha grant ajratiladi. Grant soʻrayotgan korxona mehnat jamoasida kamida bir nafar pedagog yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasi ishlayotganini tasdiqlashi kerak. Shuningdek, texnikumning kamida besh nafar oʻquvchisi bilan dual taʼlim boʻyicha tuzilgan shartnomalar taqdim etiladi.
Loyihalar 100 ballik tizimda baholanadi:

