Oliy maʼlumotli hamshira va tibbiyot ogʻalariga ustama toʻlanadi
“Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi “Oliy tibbiy hamrohlik ishi” yoʻnalishiga oʻzgartirilib, bitiruvchi ayollarga “hamshira”, erkaklarga esa “tibbiyot ogʻasi” kvalifikatsiyasi beriladi.

Oliy maʼlumotli hamshira va tibbiyot ogʻalariga ustama beriladi
2027/2028-oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat tibbiyot universiteti tarkibidagi Hamshiralar akademiyasi negizida AQShning Pensilvaniya universiteti bilan hamkorlikda Ilgʻor tibbiy hamrohlik maktabi yoʻlga qoʻyiladi.
“Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi “Oliy tibbiy hamrohlik ishi” yoʻnalishiga almashtirilib, bitiruvchi ayollarga “hamshira”, erkaklarga esa “tibbiyot ogʻasi” kvalifikatsiyasi beriladi.
Bakalavriatga qabul har yili kamida 20 foizga ko‘paytirib boriladi, taʼlim esa yetakchi xorijiy OTMlari bilan qoʻshma dasturlar asosida, ularning oʻquv dasturlarining kamida 70 foizini oʻzlashtirgan holda tashkil etiladi.
Bakalavriatni tugatgan hamshira va tibbiyot ogʻalariga har oy mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1 baravari, magistraturani tamomlaganlarga esa 2 baravari miqdorida ustama toʻlanadi.

