Oliy maʼlumotli hamshiralar ish haqiga ustama oladilar

Oliy maʼlumotli hamshiralar ish haqiga ustama oladilar
Oliy maʼlumotli hamshiralar va tibbiy birodarlar har oylik ustama olishni boshlaydilar. Bunday oʻzgarishlar haqida Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.
Idora matbuot xizmatining xabar berishicha, kelasi oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat tibbiyot universiteti Hamshiralar akademiyasi negizida Ilgʻor tibbiy kuzatuv maktabi ochiladi. Loyiha hamshiralik ishi maktabi dunyoda birinchi oʻrinni egallaydigan Pensilvaniya universiteti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
«Oliy hamshiralik ishi» bakalavriat yoʻnalishi «Oliy tibbiy kuzatuv» deb qayta nomlanadi. Bakalavriatga qabul har yili kamida 20 foizga oshiriladi. Oʻqitish yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi dasturlar asosida tashkil etilib, taʼlim jarayoniga ularning kamida 70 foiz taʼlim dasturlari joriy etiladi.
Bakalavriat bitiruvchilariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorida har oylik ustama belgilanadi. Magistratura bitiruvchilariga esa — MHEKMning ikki baravari miqdorida.

