Mahalliy

Ohangaronda 3 yoshli bogʻcha tarbiyalanuvchisining vafotidan keyin jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Ohangaronda 3 yoshli bogʻcha tarbiyalanuvchisi hasharotlarga qarshi kimyoviy vositani ichib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bosh prokuratura maʼlumotlariga koʻra, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, bir kishi gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan. Hodisa 2026 yil 28 avgust kuni sodir boʻlgan. Bir kun avval bogʻchada dezinfektsiya ishlari oʻtkazilgan. Ishlar yakunlangach, qolgan kimyoviy aralashma belgilangan tartibni buzgan holda saqlangan. Bola vositani qabul qilgan […]

Ohangaronda bogʻchaning 3 yoshli tarbiyalanuvchisi vafot etganidan keyin jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Ohangaronda bogʻchaning 3 yoshli tarbiyalanuvchisi hasharotlarga qarshi kimyoviy vositani ichib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bosh prokuratura xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, bir kishi gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan.

Hodisa 2026 yil 28 avgust kuni sodir boʻlgan. Bundan oldin bogʻchada dezinfektsiya ishlari oʻtkazilgan. Ishlar yakunlangach, qolgan kimyoviy aralashma belgilangan tartibni buzgan holda saqlangan.

Bola ushbu vositani suv deb oʻylab, ichib yuborgan. U ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, biroq koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay, 30 avgust kuni vafot etgan.

Ohangaron shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. Uning natijalariga koʻra, masʼul shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.