Mahalliy

Ohangaronda 2 yoshli bolaning bog‘chada zaharlanib vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Ohangaronda 2 yoshli bolaning bog‘chada hasharotlarga qarshi doridan zaharlanib vafot etgani yuzasidan jinoiy ishi ochildi. BPga ko‘ra, ish kasb vazifalarini lozim darajada bajarmaslik moddasi bo‘yicha ochildi va 1 kishi gumonlanuvchi sifatida jalb qilindi. Jamoatchilik bu fojia haqida bir oy o‘tib xabar topdi.

Ohangaron shahrida 2 yoshli bolaning bog‘chada zaharlanib vafot etishi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Toshkent viloyatining Ohangaron shahridagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ikki yoshli bolaning zaharlanib vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda. 28-avgust kuni bog‘cha oshxonasida turgan hasharotlarga qarshi dori vositasini iste’mol qilgan 2 yoshli tarbiyalanuvchi og‘ir zaharlangan.

Shahar tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan zarur tibbiy muolajalarga qaramay, bola 30-avgust kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi — “Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odam o‘limiga sabab bo‘lishi” bilan jinoyat ishi ochilgan.

Ish doirasida 1 nafar shaxs gumon qilinuvchi tariqasida jalb etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati MMTB hodisa yuzasidan munosabat bildirib, vafot etgan bolaning buvisi ushbu bog‘cha oshxonasida oshpaz bo‘lib ishlagani va fojia bola buvisining yoniga kirgan vaqtida sodir bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.