OAV: II milliarder Alisher Usmonovdan sanktsiyalarni olib tashlashni rejalashtirmoqda

OAV: II milliarder Alisher Usmonovdan sanktsiyalarni olib tashlamoqchi
Dushanba kuni Yevropa Ittifoqi davlatlari elchilari, agar yaqin soatlarda hamjamiyatning birorta ham hukumati eʼtiroz bildirmasa, Ukrainadagi vaziyat tufayli tadbirkorlar Alisher Usmonov va Mixail Fridmanga nisbatan joriy etilgan sanktsiyalarni bekor qilishga kelishib oldilar.
Reuters xabariga koʻra, YEIning 27 ta davlati elchilari oʻrtasidagi kelishuvga boshqa minglab Rossiya jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi sanktsiyalarni 3 yilga uzaytirish boʻyicha paketli kelishuv doirasida erishilgan, bu odatdagi 6 yoki 12 oylik uzaytirish muddatlaridan sezilarli darajada koʻpdir.
YEIning bir qator davlatlari hayrati va gʻazabiga qaramay, shu oyda Frantsiya Slovakiyaga qoʻshilib, asli oʻzbekistonlik boʻlgan rossiyalik milliarder Usmonovni sanktsiyalar roʻyxatidan chiqarishni talab qildi. Shundan soʻng Lyuksemburg Fridmanni roʻyxatdan chiqarishni talab qildi, deb xabar berdi diplomatlar.
Frantsiya kamida 2 nafar Frantsiya fuqarosini hibsga olgan Ozarbayjon tomonidan bosimga uchraganidan keyin Yevropa Ittifoqini Usmonovdan sanktsiyalarni olib tashlashga chaqirdi, deb xabar berdi oʻtgan hafta Reuters agentligiga 3 nafar yevropalik diplomat. Juma kuni Ozarbayjonning yuqori martabali diplomati bu daʼvolarni rad etdi.
Frantsiya Usmonovga qarshi YEI sanktsiyalarini (ular blokka sayohat qilishni taqiqlash va aktivlarni muzlatishni nazarda tutadi) bekor qilishga intilganini ommaviy ravishda tasdiqlamadi. Yevropa Ittifoqi har ikki tadbirkorga qarshi 2022 yilda sanktsiyalar joriy qilgan edi. Usmonovga nisbatan cheklovlarni asoslar ekan, YEI uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan "ayniqsa yaqin aloqalari" borligini koʻrsatgan edi.
Fridman arbitrajga topshirilgan ish doirasida Lyuksemburgdan 16 milliard dollar talab qilmoqda. YEI diplomatlarining soʻzlariga koʻra, Lyuksemburg agar faqat Usmonovning oʻzi roʻyxatdan chiqarilsa, Fridmanga qarshi sanktsiyalarni saqlab qolish boʻyicha pozitsiyasi zaiflashishi mumkinligini bildirgan.

