Oʻzbekistonliklarning sayohatlari uchun eng ommabop mamlakatlar nomi maʼlum qilindi
2026 yilning dastlabki toʻqqiz oyida turli turistik maqsadlarda 5,9 million nafar Oʻzbekiston fuqarosi chet elga chiqdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 132,7 ming kishiga koʻpdir, deb xabar berdi Milliy statistika qoʻmitasi. eng ommabop yoʻnalish Qirgʻiziston boʻldi — unga 2,7 milliondan ortiq kishi tashrif buyurdi. Yetakchilar uchligiga shuningdek Qozogʻiston (1,06 mln) va […] kirgan

Oʻzbekistonliklarning sayohat qilishi uchun eng ommabop mamlakatlar nomi maʼlum qilindi
2026 yilning dastlabki toʻqqiz oyida 5,9 million nafar Oʻzbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 132,7 ming kishiga koʻpdir, deb xabar berdi Milliy statistika qoʻmitasi.
Eng ommabop yoʻnalish Qirgʻiziston boʻldi — unga 2,7 milliondan ortiq kishi tashrif buyurdi. Yetakchilar uchligiga, shuningdek, Qozogʻiston (1,06 mln) va Tojikiston (983,7 ming) kirdi.
Oʻzbekistonliklar eng koʻp tashrif buyurgan 10 ta mamlakat qatoriga quyidagilar kirdi:
1. Qirgʻiziston — 2,71 mln
2. Qozogʻiston — 1,06 mln
3. Tojikiston — 983,7 ming
4. Rossiya — 281,6 ming
5. Turkiya — 239,4 ming
6. Saudiya Arabistoni — 209,1 ming
7. BAA — 64,8 ming
8. Xitoy — 58,5 ming
9. Misr — 45,6 ming
10. Vyetnam — 36,3 ming

