Mahalliy

O‘zbekistonliklar eng ko‘p Qirg‘iziston va Qozog‘istonga safar qilmoqda

8 oyda 5 mln nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi xorijga turistik maqsadda borgan

O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p Qirg‘iziston va Qozog‘istonga yo‘l olmoqda

2026-yil yanvar–avgust oylarida 5,3 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqqan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 109,9 ming nafarga yuqori. Xorijga safarlarda qo‘shni davlatlar asosiy yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.

Eng ko‘p O‘zbekiston fuqarosi Qirg‘izistonga borgan — 2 mln 427 ming 526 nafar. Qozog‘istonga 955 ming 829 nafar, Tojikistonga 876 ming 650 nafar fuqaro safar qilgan.

Rossiya O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p borgan davlatlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Bu mamlakatga 257 ming 567 nafar fuqaro turistik maqsadda borgan.

Turkiyaga 212 ming 265 nafar, Saudiya Arabistoniga 184 ming 155 nafar O‘zbekiston fuqarosi safar qilgan. Shu tariqa, ushbu ikki davlatga borganlar soni ham 100 ming nafardan oshgan.

Birlashgan Arab Amirliklariga 56 ming 910 nafar, Xitoyga 52 ming 43 nafar fuqaro borgan. Misr va Vetnam ham o‘nlikdan joy olgan.

Shunday qilib, 2026 yilning 8 oyida O‘zbekistonliklar eng ko‘p borgan TOP-10 davlat orasida Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya va Turkiya birinchi beshlikni tashkil etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.