Mahalliy

Oʻzbekistonliklar uchun Litvada yangi ish oʻrinlari taklif qilinishi mumkin

Oʻzbekiston va Litvaning TVG Group kompaniyasi Oʻzbekiston fuqarolarini Litvada tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirishni muhokama qildi. Shuningdek, ogʻir yuk avtomobillari uchun professional haydovchilar tayyorlash masalasi koʻrib chiqildi.

Oʻzbekistonliklar uchun Litvada yangi ish imkoniyatlari taklif etilishi mumkin.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev Litvaning TVG Group xalqaro transport kompaniyasi direktori Albertas Sitavichyus bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralarda qonuniy va tartibli mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish hamda uning yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, Oʻzbekiston fuqarolarini Litvada tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish koʻlamini kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, ogʻir yuk tashuvchi avtotransport vositalari uchun professional haydovchilar tayyorlash va noqonuniy migratsiyaning oldini olish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar ishlab chiqish masalalari koʻrib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni davom ettirish va oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.