Mahalliy

Latviyaga ishlagani boradigan o‘zbekistonlik haydovchilar uchun yangi tizim tashkil etilishi mumkin

Latviya tomoni haydovchilarni ushbu mamlakatga jo‘natishdan avval ularni latviyalik mutaxassislar ishtirokida O‘zbekistonda tayyorlash va Latviya haydovchilik guvohnomasini olish uchun sinovlarni shu yerning o‘zida tashkil etish uchun Migratsiya agentligidan amaliy ko‘mak so‘radi.

O‘zbekistonlik haydovchilarning Latviyaga ishlashga borishi uchun yangi tizim joriy etilishi mumkin.

Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi Girs Yaunzems hamda mingdan ortiq o‘zbekistonlik ishlayotgan Latviyaning yirik transport-logistika kompaniyalaridan biri – “Kreiss” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Latviya tomoni haydovchilarni ushbu mamlakatga jo‘natishdan avval ularni latviyalik mutaxassislar ishtirokida O‘zbekistonda tayyorlash hamda Latviya haydovchilik guvohnomasini olish uchun zarur sinovlarni shu yerning o‘zida tashkil etish maqsadida Migratsiya agentligidan o‘quv poligoni, sinf xonalari hamda zarur infratuzilmani yaratishda amaliy ko‘mak so‘radi.

Bu orqali haydovchilar Latviyaga borgach bir oydan ortiq davom etadigan majburiy tayyorgarlik kurslarini o‘tash ehtiyoji kamayadi. Natijada ishni tezroq boshlash, ortiqcha xarajat va vaqt yo‘qotishning oldi olinadi.

Shuningdek, kompaniya maqsadli tayyorlangan mutaxassislarning mehnat shartnomasiga qat’iy rioya qilishi muhimligini ta’kidladi. Qayd etilishicha, ayrim hollarda xodimlarni tayyorlashga sarflangan mablag‘larga qaramasdan, ularning boshqa ish beruvchilarga o‘tib ketishi tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “Kreiss” kompaniyasi o‘quv-sinov markazi uchun texnik talablarni taqdim etadi, Migratsiya agentligi Toshkent viloyatida poligon va zarur infratuzilmani joylashtirish imkoniyatlarini ishlab chiqadi. Shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo kelishuv loyihasi tayyorlanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.