Mahalliy

Isroilda o‘zbekistonliklar uchun yangi ish o‘rinlari ochiladi

Isroilda O‘zbekiston fuqarolari uchun yangi ish imkoniyatlari yaratiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Agentlik rahbari Behzod Musayev Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Gideon Lustig bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida O‘zbekiston fuqarolarini Isroilga uyushgan holda ishga joylashtirish ko‘lamini kengaytirish, tanlov jarayonlarini takomillashtirish va nomzodlarning xarajatlarini kamaytirish masalalari muhokama qilindi.

Isroil tomoni o‘zbekistonlik ishchilarning qurilish va parvarishlash sohalaridagi faoliyatini yuqori baholadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, tibbiy yordam va texnik kasblar bo‘yicha ham hamkorlik qilish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Isroil Aholi va immigratsiya boshqarmasi (PIBA) rahbarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Avvalroq Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklarni Qatardagi Ulta Beauty do‘konlarida ishlashga taklif qilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu ish o‘rinlari uchun oylik maosh 5,5 ming dollarni tashkil etib, savdo, kosmetika, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va do‘kon boshqaruvi yo‘nalishlarini qamrab oladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.