Oʻzbekistonda yirik isteʼmolchilar uchun elektr energiyasi kunduzi arzonlashadi — tarif 1,5 baravarga pasaytiriladi
Yirik elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun sutka vaqti boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi oʻzgartirildi. Soat 09:00 dan 17:00 gacha 1,5 kamaytiruvchi koeffitsiyent amal qiladi. Bu haqda Prezidentning 2026 yil 22 sentyabrdagi Farmoni bilan kiritilgan oʻzgartirishlarda soʻz boradi. Yangi tartib I tarif guruhi isteʼmolchilariga taalluqlidir. Unga quvvati 750 kVA va undan yuqori boʻlgan yirik sanoat korxonalari hamda byudjet tashkilotlari kiradi. Ilgari kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllanilgan […]

Oʻzbekistonda yirik isteʼmolchilar uchun elektr energiyasi kunduzi arzonlashadi — tarif 1,5 baravarga kamaytiriladi
Yirik elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun kunning vaqtiga qarab hisob-kitob qilish tartibi oʻzgartirildi. Soat 09:00 dan 17:00 gacha 1,5 kamaytiruvchi koeffitsiyent amal qiladi. Bu haqda Prezidentning 2026 yil 22 sentyabrdagi Farmoni bilan kiritilgan oʻzgartirishlarda soʻz boradi.
Yangi tartib I tarif guruhi isteʼmolchilariga tatbiq etiladi. Unga quvvati 750 kVA va undan yuqori boʻlgan yirik sanoat korxonalari hamda byudjet tashkilotlari kiradi.
Ilgari kamaytiruvchi koeffitsiyent tunda — soat 22:00 dan 06:00 gacha qoʻllanilar edi. Endilikda ushbu davrda elektr energiyasi uchun toʻlov umumiy tarif boʻyicha amalga oshiriladi. Shu bilan birga, tigʻiz soatlardagi hisob-kitoblar oʻzgarishsiz qoladi.
1 iyundan boshlab I guruh isteʼmolchilari uchun umumiy tarif QQS bilan birga 1 kVt·soat uchun 1 100 soʻmni tashkil etadi. Kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllanganda narx 1 kVt·soat uchun taxminan 733,3 soʻmni tashkil qiladi.

