Iqtisodiyot

Ayrim korxonalar uchun kunduzi elektr energiyasi arzonlashadi

Yangi tartibga ko‘ra, kunduzgi soatlarda elektr energiyasi narxi bazaviy tarifdan 1,5 baravar arzon bo‘ladi. Tungi

Ayrim korxonalar uchun kunduzgi elektr energiyasi arzonlashadi

I tarif guruhiga kiruvchi yirik iste’molchilar uchun elektr energiyasi tariflarini sutka davri bo‘yicha hisoblash tartibi o‘zgartiriladi. Yangi tartibga ko‘ra, kunduzgi soatlarda elektr energiyasi narxi bazaviy tarifdan 1,5 baravar arzon bo‘ladi.

Xususan, soat 09:00 dan 17:00 gacha bo‘lgan yarim tig‘iz davrda kamaytiruvchi koyeffitsiyent qo‘llaniladi. Natijada amaldagi 1 kVt⋅soat uchun 1100 so‘mlik tarif o‘rniga 733 so‘m to‘lanadi.

Tungi davrda, ya’ni soat 22:00 dan 06:00 gacha esa bazaviy tarif amal qiladi.

O‘zgarishlar kunduzgi vaqtda quyosh va shamol elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi yuqori bo‘lishi bilan bog‘liq. Yirik iste’molchilarning shu davrda elektr energiyasidan foydalanishini rag‘batlantirish orqali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samaraliroq foydalanish ko‘zda tutilmoqda.

Kechki va tungi vaqtlarda quyosh elektr stansiyalarida ishlab chiqarish kamaygani sababli elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qoplashda issiqlik elektr stansiyalarining ulushi ortadi. Bu esa tabiiy gaz sarfini ko‘paytiradi. Kunduzgi iste’molni oshirish orqali gazga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va tejalgan resurslarni aholi hamda boshqa iste’molchilar ehtiyojlariga yo‘naltirish imkoniyati yaratiladi.

Yangi tartib tadbirkorlik subyektlariga kunduzgi vaqtda elektr energiyasidan qulayroq shartlarda foydalanish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va faoliyatini kengaytirish imkonini beradi. Bu yangi loyihalarni amalga oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga ham xizmat qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, I tarif guruhiga asosiy va zaxira elektr ta’minoti uchun ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan yirik iste’molchilar kiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.