Oʻzbekistonda sudlarni moliyalashtirish byudjet daromadlari kam bajarilganligi sababli qisqartirilishi mumkin emas
Oʻzbekistonda sud tizimini byudjet bilan taʼminlash tartibini va uning moliyaviy mustaqilligi kafolatlarini belgilovchi «Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish toʻgʻrisida»gi qonun kuchga kirdi. Hujjatga koʻra, sudlar faqat davlat byudjetidan moliyalashtiriladi. Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi faoliyati uchun xarajatlar tegishli moliya yili uchun davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunda nazarda tutilishi kerak. Shakllantirish jarayonida […]

Oʻzbekistonda sudlarni moliyalashtirish byudjet daromadlarining kam bajarilishi sababli qisqartirilmaydi
Oʻzbekistonda sud tizimini byudjet bilan taʼminlash tartibi va uning moliyaviy mustaqilligi kafolatlarini belgilovchi «Sudlar faoliyatini moliyalashtirish toʻgʻrisida»gi qonun kuchga kirdi.
Hujjatga koʻra, sudlarni moliyalashtirish faqat davlat byudjetidan amalga oshiriladi. Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi faoliyati uchun xarajatlar tegishli moliya yili uchun davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunda nazarda tutilishi kerak.
Byudjetni tayyorlashda ish haqi, ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, sudlarning moddiy-texnikaviy va moliyaviy taʼminoti, shuningdek, sudyalar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy taʼminlash xarajatlari hisobga olinishi lozim. Qonunda, shuningdek, sudyalar va sud apparati xodimlariga mukofotlar hamda bir yoʻla beriladigan moddiy yordam toʻlash imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Muhim qoidalardan biri moliyalashtirishni qisqartirishga qoʻyilgan cheklov boʻldi. Sud organlariga navbatdagi moliya yili uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmi, qoida tariqasida, oʻtgan yilgi moliyalashtirish hajmidan kam boʻlmasligi kerak.
Shu bilan birga, qisqar

