Mahalliy

Oʻzbekistonda Qirgʻizistonga chiqib ketayotgan haydovchidan yashirib qoʻyilgan 34 ming dollar topildi

Andijon viloyatidagi «Doʻstlik» chegara bojxona postida Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga chiqib ketayotgan Volvo avtomobili haydovchisining qoʻl sumkasi va kiyimining ichki choʻntaklariga yashirilgan 34 ming AQSh dollari borligi aniqlandi.

Oʻzbekistonda Qirgʻizistonga yoʻl olgan haydovchidan yashirib qoʻyilgan 34 ming dollar topildi

Andijon viloyati Bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanalida xabar berilishicha, huquqbuzarlik post xodimlari tomonidan chegara vakillari bilan hamkorlikda bojxona nazorati davomida aniqlangan. Ogʻzaki soʻrov paytida haydovchi ushbu pul mablagʻlari haqida maʼlum qilmagan va ular belgilangan tartibda deklaratsiyalanmagan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.