Oʻzbekistonda narxlar keskin oshgani sababli taksi agregatorlarini tekshirish boshlandi
Oʻzbekiston Raqobat qoʻmitasi taksi agregatorlarining tariflarini va insofsiz raqobatning ehtimoliy belgilarini oʻrganishni boshladi. Yirik servislardagi texnik uzilishlar fonida tigʻiz vaqtlarda narxlarning bir necha baravar oshishi boʻyicha foydalanuvchilarning shikoyatlari bunga sabab boʻldi. Oʻrganish davomida qoʻmita tariflar oshishining asoslanganligini va raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini tekshiradi. Agregatorlarga safarlar qiymatini hisoblash algoritmlarini qayta koʻrib chiqish, […]-dagi uzilishlarni bartaraf etish tavsiya qilindi.

Oʻzbekistonda narxlar keskin oshgani fonida taksi agregatorlarini tekshirish boshlandi
Oʻzbekiston Raqobat qoʻmitasi taksi agregatorlarining tariflarini va insofsiz raqobatning ehtimoliy belgilarini oʻrganishga kirishdi. Yirik servislardagi texnik uzilishlar fonida tigʻiz vaqtlarda qatnovlar narxi bir necha barobar qimmatlashgani boʻyicha foydalanuvchilardan tushgan shikoyatlar bunga asos boʻldi.
Tekshiruv doirasida qoʻmita tariflar oshishi qanchalik asosli ekanini, shuningdek, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilayotganini baholaydi.
Agregatorlarga qatnovlar qiymatini hisoblash algoritmlarini qayta koʻrib chiqish, haydovchilarga pul oʻtkazishdagi uzilishlarni bartaraf etish va asossiz bloklangan haydovchilarni blokdan chiqarish tavsiya etildi. Bundan tashqari, ulardan bajarilgan buyurtmalar uchun tegishli bonuslarni qayta hisoblab chiqish va toʻlab berish talab qilindi.
Shuningdek, servislar haydovchilar va yoʻlovchilar uchun tunu kun ishlaydigan texnik qoʻllab-quvvatlash xizmatini taʼminlashi kerak. Qonunbuzilishlar aniqlangan taqdirda, qoʻmita tekshiruv oʻtkazish va qonunda nazarda tutilgan choralarni koʻrishni vaʼda qilmoqda.

