Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda Koreya kompaniyalari bilan loyihalar ishga tushirildi va boshlandi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Oʻzbekiston-Koreya biznes-forumi doirasida Koreya Respublikasining yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari bilan hamkorlikdagi loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimi boʻlib oʻtdi. Toshkentda Kimyoviy texnologiyalar markazi oʻz faoliyatini boshladi. Jizzax viloyatida Kia Sonet Prime avtomobillari va kuzov panellari ishlab chiqarish, Fargʻona viloyatida — elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, Namanganda esa […]

Oʻzbekistonda koreyalik sheriklar bilan birgalikda yangi loyihalarni ishga tushirish va qurishni boshlash marosimi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Oʻzbekiston-Koreya biznes-forumi doirasida Koreya Respublikasining yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari bilan hamkorlikdagi loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Toshkentda Kimyoviy texnologiyalar markazi oʻz faoliyatini boshladi. Jizzax viloyatida Kia Sonet Prime avtomobillari va kuzov panellarini ishlab chiqarish, Fargʻona viloyatida elektrotexnika mahsulotlari, Namangan viloyatida esa polimer buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Poytaxtda, shuningdek, Milliy onkologiya markazi, oliy tibbiyot oʻquv yurti hamda robotlar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish korxonasi qurilishi boshlandi.

Yangi loyihalar sanoat, avtomobilsozlik, tibbiyot, taʼlim, robototexnika va yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni qamrab olib, Oʻzbekiston-Koreya investitsiyaviy hamkorligi yoʻnalishlarini kengaytiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.