Oʻzbekistonda kino ishlab chiqarishga sunʼiy intellektni joriy etishmoqchi

Oʻzbekistonda kino ishlab chiqarish sohasiga sunʼiy intellektni joriy etish niyatidalar. Ushbu sohada hamkorlik dasturini bir oy muddatda tayyorlash topshirildi, deb xabar berdi prezident Shavkat Mirziyoyev 26 oktyabr kuni kinosanoat vakillari bilan uchrashuvda.
Dasturda yangi taʼlim kurslarini ishlab chiqish, mutaxassislarni oʻqitish va ularning xorijda malakasini oshirish nazarda tutilishi kerak.
Tashabbusning boshqa tafsilotlari, shu jumladan filmlar yaratishda aynan qaysi SI texnologiyalaridan foydalanish rejalashtirilayotgani va ularni joriy etish qanday moliyalashtirilishi hozircha ochiqlanmagan.

