Mahalliy

Oʻzbekistonda ishlayotgan onalarga bola bir yoshga toʻlguniga qadar nafaqa toʻlanadi

Oʻzbekistonda ishlayotgan onalarga bola bir yoshga toʻlguniga qadar nafaqa toʻlanadi

2027 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda ishlayotgan onalarga bola bir yoshga toʻlguniga qadar nafaqa toʻlash boshlanadi. Mablagʻlar Davlat ijtimoiy sugʻurtasi jamgʻarmasidan ajratiladi.

Ushbu toʻlovlar davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimiga kiritiladi, u orqali hozirda homiladorlik va tugʻish, shuningdek, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari moliyalashtirilmoqda.

Kichik yoshli bolalari boʻlgan oilalarni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash zarurligi haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 sentyabrdagi yigʻilishda gapirgan edi. Oʻshanda mamlakatda umumiy kambagʻallik darajasi 3,9 foizni tashkil etgani holda, uch yoshgacha bolalari boʻlgan oilalar oʻrtasida bu koʻrsatkich oʻrtacha 6,5 foizga teng ekani qayd etilgandi. Rasmiylar, shuningdek, bola parvarishi bilan band boʻlgan ota-onalar uyda yoki bevosita mahallada ishlab, daromad olishlari uchun sharoit yaratish niyatida.

Oʻsha yigʻilishda Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasidan beriladigan nafaqa Ijtimoiy reyestrga kiritilgan ishlayotgan onalarga bola bir yoshga toʻlguniga qadar toʻlanishi rejalashtirilayotgani eʼlon qilingan edi. Shu tariqa, amaldagi farmon avval eʼlon qilingan qoʻllab-quvvatlash chorasini mustahkamlaydi.

Shuningdek, 2027 yildan boshlab Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga davlat va xususiy bogʻchalar, oʻquv markazlari xarajatlari, bolalarning OTM yotoqxonalarida yashashi va yoʻl kirasi vaucherlar orqali qoplab berilishi maʼlum qilingandi. Vaucher 12 oy davomida amal qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.