Ishlaydigan onalarga ham "bola puli" toʻlanadi. Tartibi qanday?
Oʻzbekistonda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi nafaqasi toʻlanadi. Oʻzini oʻzi band qilgan va ixtiyoriy sugʻurta tizimiga qoʻshilgan ayollar ham bu toʻlovni olishi mumkin, ammo norasmiy ishlaydigan onalarga nafaqa berilmaydi.

Ishlaydigan onalarga ham "bola puli" toʻlanadi. Tartibi qanday?
Oʻzbekistonda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi nafaqasi beriladi. Oʻzini oʻzi band qilgan va ixtiyoriy sugʻurta tizimiga qoʻshilgan ayollar ham ushbu toʻlovni olishi mumkin, biroq norasmiy ishlaydigan onalarga nafaqa toʻlanmaydi.
Oʻzbekistonda ishlaydigan ayollarni onalik davrida qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash uchun bola parvarishi nafaqasini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Yangi tartibga muvofiq, homiladorlik va tugʻish davri tugaganidan keyin bola parvarishi nafaqasi axborot tizimlaridagi maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda belgilanadi va onaning ijtimoiy kartasiga toʻlab beriladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi bosh mutaxassisi Dilshodxon Muhamedjonovaning aytishicha, bu tizim 2026-yildan joriy etilgan davlat ijtimoiy sugʻurtasining mantiqiy davomi hisoblanadi.
2026-yildan boshlab joriy qilingan davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimining mantiqiy davomi sifatida ishlayotgan ayollarning onalik davrida qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlanishi uchun ularning farzandi 1 yoshga toʻlgunga qadar bolalar parvarish nafaqasini joriy etish belgilanmoqda. Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali ishlayotgan ayollarni homiladorlik va tugʻish davridan boshlab to farzandlari 1 yoshga toʻlgunga qadar ijtimoiy himoyasini taʼminlash koʻzda tutilgan. Muhim jihati shundaki, jamgʻarma tomonidan bugungi kungacha tayinlanayotgan homiladorlik va tugʻish nafaqasi kabi bola parvarishi nafaqasi ham murojaat talab etilmagan holda, ayollardan qoʻshimcha hujjat yoki idoralarga borib ariza qoldirish talab etilmagan holda proaktiv shaklda tayinlanishi belgilanmoqda. Bunda axborot tizimlarida mavjud maʼlumotlar asosida homiladorlik va tugʻish davri yakunlanganidan keyin avtomatik tarzda bola parvarishlash nafaqasi tayinlanadi. Bu onaning ijtimoiy kartasiga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlab beriladi.
Bugungi kunga qadar yangi tizim joriy qilingandan boshlab yanvar-avgust oylarida qariyb 94 ming ayolga homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlab berilgan. Bola parvarishi nafaqasi joriy qilinganda aynan shu ayollar toʻgʻridan-toʻgʻri bu nafaqani ham jamgʻarma orqali olish imkoniyatiga ega boʻladi”.
Hozircha yangi toʻlov Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va ijtimoiy sugʻurta tizimi bilan qamrab olingan ishlaydigan onalarga taalluqli. Shu bilan birga, oʻzini oʻzi band qilgan ayollar ham ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.

