Oʻzbekistonda intellektual bojxona nazorati tizimi joriy etilmoqda. Video

Oʻzbekistonda intellektual bojxona nazorati tizimi joriy etilmoqda. Video
Oʻzbekiston bojxona organlari tovarlar chegaraga yetib kelguniga qadar deklaratsiyalardagi tafovutlarni va bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash ehtimoli boʻlgan holatlarni aniqlash maqsadida xorijiy davlatlar bilan elektron maʼlumotlar almashinuvini kengaytirmoqda.
Intellektual bojxona tizimi doirasida bir qator xorijiy davlatlar bilan eksport deklaratsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron almashinuvi yoʻlga qoʻyildi. Olingan maʼlumotlar Oʻzbekistondagi import deklaratsiyalarida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan avtomatik ravishda solishtiriladi.
Agar tizim tafovutlarni aniqlasa, u xavf signalini shakllantiradi. Shundan soʻng, yukka nisbatan qoʻshimcha tekshiruv tayinlanishi yoki bojxona auditi oʻtkazilishi mumkin. Shu tariqa, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklarni tovar chegaraga yetib kelguniga qadar aniqlash, bojxona organlarining eʼtiborini esa qoʻshimcha nazorat talab etadigan operatsiyalarga qaratish imkoni yaratiladi.
Bojxona qoʻmitasining taʼkidlashicha, tizim, shuningdek, boj toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash holatlarining oldini olish va halol tadbirkorlar uchun teng sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

