Oʻzbekistonda geografik koʻrsatkichlar uchun maxsus belgilar joriy etiladi
Oʻzbekistonda geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlarini tamgʻalash uchun maxsus belgilar tasdiqlandi.

Oʻzbekistonda geografik koʻrsatkichlar uchun maxsus belgilar paydo boʻladi
Oʻzbekistonda geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida xabar beruvchi maxsus belgilar tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori 5 sentyabrda qabul qilindi va 7 sentyabrdan kuchga kirdi.
Yangi belgilardan roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma egalari foydalanishlari mumkin boʻladi. Ularni bevosita tovarning oʻziga yoki uning qadogʻiga joylashtirishga ruxsat etiladi. Bunday belgi tegishli belgining Oʻzbekiston hududida roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlaydi.
Geografik koʻrsatkichlar uchun Oʻzbekiston xaritasi silueti boʻlgan yashil doira shaklidagi belgi tasdiqlandi. Uning dizaynida GI belgisi boʻlgan qizil geografik marker, shuningdek, oʻzbek va ingliz tillaridagi yozuvlar nazarda tutilgan.
Tovar kelib chiqqan joy nomlari uchun moviy rangda bajarilgan va AO belgisini oʻz ichiga olgan xuddi shunday markirovka nazarda tutilgan.
Tasdiqlangan belgilar faqat Oʻzbekiston hududi bilan bogʻliq boʻlgan geografik koʻrsatkichlar va kelib chiqish joylari nomlari uchun moʻljallangan.
Markirovkadan ham rangli, ham oq-qora variantda foydalanish mumkin.
Zarurat boʻlganda, uning hajmini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi, biroq bunda belgining dastlabki proportsiyalari va tasdiqlangan tashqi koʻrinishi saqlanib qolishi kerak.

