Oʻzbekiston va AQSh Oy, Mars, kometalar va asteroidlarni tadqiq qilish boʻyicha «Artemida» Bitimlarini imzoladilar
Oʻzbekiston kosmosni tinch maqsadlarda oʻzlashtirish boʻyicha «Artemida» bitimlarini imzoladi. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning maʼlum qilishicha, bu NASA va boshqa mamlakatlarning kosmik agentliklari bilan hamkorlik qilish, mutaxassislarni tayyorlash va texnologiyalarni uzatish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Oʻzbekiston va AQSh Oy, Mars, kometalar va asteroidlarni tadqiq qilish boʻyicha «Artemida» bitimlarini imzoladi
Oʻzbekiston va AQSh Oy, Mars, kometalar va asteroidlarni tinch maqsadlarda tadqiq qilish hamda ulardan foydalanishda hamkorlik tamoyillarini belgilovchi «Artemida» bitimlarini imzoladi, xabar berdi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.
Imzolash marosimi doʻshanba kuni Samarqandda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio oʻrtasidagi muzokaralardan soʻng boʻlib oʻtdi.
«Hujjat Oʻzbekiston uchun NASA va boshqa ishtirokchi davlatlarning kosmik agentliklari bilan hamkorlikni kengaytirish, milliy kadrlarni tayyorlash va kosmik texnologiyalarni transfer qilish boʻyicha yangi imkoniyatlarni ochadi», — dedi Baxtiyor Saidov.
Oʻzbekiston «Artemida» bitimlarini imzolagan 77-davlat boʻldi.

