Antalyada 2028 yilgi Xalqaro astronavtika kongressini Samarqandda oʻtkazish toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolandi
Antalyada 2028 yilda Samarqandda 79-Xalqaro astronavtika kongressini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolandi. Hujjatni Oʻzbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Xalqaro astronavtika federatsiyasi prezidenti Gabriella Arrigo imzoladilar. Imzolash marosimi 5 oktyabr kuni 77-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida Oʻzbekiston pavilonida boʻlib oʻtdi. Samarqand ushbu tadbirga 2028 yilda mezbonlik qiladi. Hozirda Antalyada 77-Xalqaro […]

Antalyada 2028 yilda Samarqandda Xalqaro astronavtika kongressini oʻtkazish toʻgʻrisida bayonnoma imzolandi
Antalyada 2028 yilda Samarqandda 79-Xalqaro astronavtika kongressini oʻtkazish toʻgʻrisida bayonnoma imzolandi. Hujjatni Oʻzbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Xalqaro astronavtika federatsiyasi prezidenti Gabriella Arrigo imzoladilar.
Imzolash marosimi 5 oktyabr kuni 77-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida Oʻzbekiston pavilonida boʻlib oʻtdi. 2028 yilda Samarqand ushbu tadbirga mezbonlik qiladi.
Hozirda Antalyada 77-Xalqaro astronavtika kongressi boʻlib oʻtmoqda. U 9 oktyabrgacha davom etadi.
Avvalroq Xalqaro astronavtika federatsiyasi Samarqandni 2028 yilgi kongress oʻtkaziladigan joy sifatida tanlagan edi. Forum 9–13 oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi va Markaziy Osiyodagi birinchi IAC kongressiga aylanadi.

