Sport

Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi futbolchisi Germaniyada operatsiya qilindi

Saidumarxon Saidnurallayev Osiyo oʻyinlarining yarim finalida orttirib olgan tizzaning xochsimon boylami uzilishidan soʻng muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.

Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi futbolchisi Germaniyada operatsiya qilindi

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi (U-23) oʻyinchisi Saidumarxon Saidnurallayev tizzasidagi xochsimon paylari uzilganidan soʻng Germaniyada muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.

U jarohatni Osiyo oʻyinlarining yarim final oʻyinida oldi. Jarohat tufayli futbolchi oʻyinni davom ettira olmadi va maydonni tark etishga majbur boʻldi.

Xirurgik amaliyotni oʻtkazish uchun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi sportchining Germaniyadagi Medical Connections klinikasida davolanishini tashkil etdi.

Operatsiyani professor Mirko Xerbert bajardi. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, amaliyot muvaffaqiyatli oʻtgan, Saidumarxon Saidnurallayevning ahvoli esa yaxshi deb baholanmoqda.

Futbolchining tiklanish va mashgʻulotlar hamda oʻyinlarga qaytish muddatlari haqida maʼlumot berilmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.