Sport

Osiyo oʻyinlari. Oʻzbekiston U23 penaltilar seriyasida Yaponiyaga yutqazdi va finalga chiqolmadi

Endi Oʻzbekiston U23 jamoasi 3-oktabr kuni uchinchi oʻrin uchun Xitoy U23 bilan kuch sinashadi.

Osiyo oʻyinlari. Oʻzbekiston U23 penaltilar seriyasida Yaponiyaga imkoniyatni boy berdi va final yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmadi

Osiyo oʻyinlari futbol turnirining yarimfinalida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston U23 – Yaponiya U23 uchrashuvi yakuniga yetdi.

Bosh murabbiy Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa Sardor Bahromovning tezkor golidan soʻng oʻyin oxirigacha hisobda oldinda borayotgan edi, biroq 88-daqiqada gol oʻtkazib yubordi. Penaltilar seriyasida esa «Kunchiqar yurt» futbolchilari ustun keldi.

Endi Oʻzbekiston U23 jamoasi 3-oktabr kuni uchinchi oʻrin uchun Xitoy U23 bilan bahs olib boradi.

Oʻzbekiston U23 - Yaponiya U23 1:1 (pen. 8:9)

Gollar: Sardor Bahromov (8) - Sena Ishibashi (88)

Oʻzbekiston U-23: Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, Dilshod Murtazayev, Gʻiyosjon Rizaqulov, Sardorbek Bahromov, Saydumarxon Saydnurullayev (Nurlan Ibraimov 13), Muhammadali Oʻrinboyev (Ravshan Xayrullayev 66, Muhammadali Reimov, 117), Asilbek Jumayev (Shodiyor Shodiboyev, 86), Azizbek Toʻlqinbekov, Roʻziboy Fayzullayev, Ollabergan Karimov

Yaponiya U-23: Aleksandre Pisano, Keyta Kosugi, Kayto Suchiya, Shuto Nagano, Nelson Ishivatari, Kenshin Yasuda, Yutaka Michivaki, Xisatsugu Ishii, Shusuke Furuya, Soichiro Mori, Sena Ishibashi

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.