Futbol: O‘zbekiston U-23 jamoasi Osiyo o‘yinlari guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunladi
O‘zbekiston olimpiya jamoasi Osiyo o‘yinlarida guruhni 100 foizlik natija bilan yakunladi va chorak finalga yo‘l oldi. Ravshan Haydarov shogirdlari 'C' guruhida 9 ochko to‘plab, 9:1 to‘plar nisbati bilan birinchi o‘rinni egalladi. Chorak finaldagi raqib Janubiy Koreya yoki Saudiya Arabistoni bo‘ladi.

Futbol: O‘zbekiston U-23 jamoasi Osiyo o‘yinlari guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunladi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 2026-yilgi Osiyo o‘yinlari futbol turnirida guruh bosqichini uchta g‘alaba bilan yakunlab, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ravshan Haydarov shogirdlari “C” guruhida 9 ochko jamg‘arib, 9:1 to‘plar nisbatini qayd etdi.
O‘zbekiston U-23 guruh bosqichidagi dastlabki o‘yinda Filippinni 5:1 hisobida yengdi. Ikkinchi turda esa Kuvayt ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Jamoa guruhdagi 22-sentabr kuni o‘tkazilgan 3-tur uchrashuvida Vetnam U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Gollarni 5-daqiqada Muhammadali O‘rinboyev, 67-daqiqada esa Nurlan Ibraimov urdi.
Shu tariqa O‘zbekiston uchala uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan “C” guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Vetnam 4 ochko bilan ikkinchi bo‘ldi, Filippin 3, Kuvayt esa 1 ochko to‘pladi.
Osiyo o‘yinlari futbol turnirida “C” guruhi g‘olibi chorak finalda “D” guruhining ikkinchi o‘rin sohibi — Janubiy Koreya yoki Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

