Oʻzbekiston toʻqqiz oyda 1,5 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotini eksport qildi
2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Oʻzbekiston umumiy qiymati 1,3 mlrd AQSh dollariga teng boʻlgan 1 mln 560,6 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qildi, deb xabar beradi Milliy statistika qoʻmitasi 3 noyabrdagi xabarida.

Oʻzbekiston toʻqqiz oda ichida 1,5 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qildi
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, eksportning eng katta ulushini sabzavotlar egalladi — 557,2 ming tonna. Bundan tashqari, xorijga 393 ming tonna meva va rezavorlar, 206,3 ming tonna tarvuz va qovun yuborildi.
Shuningdek, eksport hajmini 36,8 ming tonna mosh, 16,7 ming tonna yeryongʻoq va yongʻoqlar hamda yana 350,6 ming tonna boshqa mahsulotlar tashkil etdi.

