Sport

Oʻzbekiston robototexnika boʻyicha jahon chempioni boʻldi

Oʻzbekiston robototexnika boʻyicha jahon chempioni unvonini qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida boʻlib oʻtgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro turnirida tarixiy muvaffaqiyatga erishdi. Yosh injenerlar barcha 16 ta matchda gʻalaba qozonib, 637 ochko jamgʻarishdi va uchta oltin medalni qoʻlga kiritishdi.

Musobaqada dunyoning deyarli 200 ta mamlakatidan jamoalar ishtirok etdi. Oʻzbekiston vakillari raqiblarini ishonch bilan ortda qoldirib, yuqori darajadagi texnik tayyorgarlik, injenerlik fikrlashi va jamoaviy hamkorlikni namoyish etishdi. Turnir yakunlariga koʻra, terma jamoa toʻplangan ochkolar soni boʻyicha ham rekord oʻrnatdi.

Бу йилги мусобақалар Igniting Innovation — "Innovatsiyalarni alangalatib" shiori ostida oʻtkazildi. Turnirning asosiy mavzusi oʻrmon yongʻinlari va ularga qarshi kurashish uchun texnologik yechimlarni izlash boʻldi.

Ishtirokchilar olov chiqishining oldini olish, yongʻin oqibatlarini bartaraf etish va jabrlangan hududlarni qayta tiklash bilan bogʻliq topshiriqlarni bajarishi kerak boʻlgan robotlarni yaratishdi va dasturlashdi.

Oldinroq Oʻzbekistonning yosh injenerlari bir vaqtning oʻzida 1,9 mingta minatyura robotlarini yigʻib, jahon rekordini oʻrnatishgan va Ginnessning rekordlar kitobiga kirishgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.