Sport

1,5 mln dollarlik turnir: Nodirbek Abdusattorov kibersport bo‘yicha Jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo‘l oldi

1,5 million dollarlik turnir: Nodirbek Abdusattorov kibersport bo‘yicha Jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqdi

Nodirbek Abdusattorov 2026-yilgi kibersport bo‘yicha Jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Bu musobaqa dunyodagi eng yirik onlayn shaxmat turnirlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekistonning ikkinchi raqamli grossmeysteri NAVI (Natus Vincere) jamoasi nomidan ishtirok etib, guruh bosqichida muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatdi. U dastlabki bosqichda hindistonlik Praneshni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Yarim finalda esa Abdusattorov polshalik Yan Kshishtof Dudaga qarshi o‘ynadi va ikkala partiyada ham osonlik bilan g‘alaba qozondi. Natijada, o‘zbekistonlik grossmeyster Alireza Firuzja, Magnus Karlsen va Hikaru Nakamura bilan birga pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endilikda mag‘lublar yo‘lagidan yana 4 nafar shaxmatchi chorak finalga chiqish uchun kurashadi.

Shaxmatchilar "10+0" ya’ni rapid formatida bellashadilar. Ikki marta mag‘lubiyatga uchragan ishtirokchi chempionlik uchun kurashni tark etadi. Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 1,5 million AQSH dollarini tashkil etadi, g‘olib esa 250 ming dollar mukofot oladi.

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov 2025-yilgi Esports World Cup kibersport turnirida NAVI jamoasi safida ishtirok etib, 5-o‘rinni egallagan va 85 ming AQSH dollari miqdorida mukofot pulini qo‘lga kiritgan edi. O‘sha yili guruh bosqichida ishtirokini yakunlagan Team Vitality vakili Javohir Sindorov esa 50 ming AQSH dollari bilan taqdirlangan. U joriy yilgi musobaqada ishtirok etmadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.