Sport

Esports World Cup 2026. Nodirbek Abdusattorov chorak finalda musobaqa bilan xayrlashdi

Esports World Cup 2026: Nodirbek Abdusattorov chorak finalda mag‘lubiyatga uchradi

Nodirbek Abdusattorov 2026-yilgi kibersport bo‘yicha Jahon chempionatida, dunyodagi eng yirik onlayn shaxmat turnirlaridan birida ishtirokini yakunladi.

Musobaqada NAVI (Natus Vincere) jamoasi sharafini himoya qilgan O‘zbekistonning ikkinchi grossmeysteri chorak finalda Denis Lazavik bilan to‘qnash keldi. Dastlabki to‘rtta partiyada g‘olib aniqlanmadi. Keyin esa armageddon bahsida Lazavik g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shaxmatchilar "10+0" rapid formatida bellashdilar. Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 1,5 million AQSH dollarini tashkil etadi, g‘olib esa 250 ming dollar mukofotga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilgi Esports World Cup kibersport turnirida Nodirbek Abdusattorov NAVI jamoasi tarkibida 5-o‘rinni egallab, 85 ming AQSH dollari miqdorida mukofot pulini qo‘lga kiritgan edi. O‘sha yili guruh bosqichida ishtirokini yakunlagan Team Vitality vakili Javohir Sindorov esa 50 ming AQSH dollari bilan taqdirlangan. U joriy yilgi musobaqada ishtirok etmadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.