Mahalliy

Oʻzbekiston paxtachiligi qanday oʻzgardi va bu haqda dunyoda nima deyishmoqda?

Jahon paxta kuniga bagʻishlangan xalqaro konferensiya bu yil Toshkentda oʻtdi. Unda xalqaro tashkilotlar va 30 dan ortiq davlat delegatlari sohadagi yangiliklar, xususan Oʻzbekistonda hosildorlik keskin oshganini muhokama qildi. Vazir Ibrohim Abdurahmonov buni "5D" tamoyili va 8 ta qoida bilan tushuntirdi. Xalqaro tashkilotlar natijani yuqori baholadi, ammo muhimi yaratilgan qiymatning oshishi ekanini qayd etdi.

Oʻzbekiston paxtachiligi qanday oʻzgardi va bu borada dunyoda nimalar deyilmoqda?

7-oktabr kuni Toshkentda Jahon paxta kuniga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Tadbirda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO), Jahon savdo tashkiloti, Xalqaro paxta maslahat qoʻmitasi (ICAC) vakillari hamda 30 dan ortiq davlatdan kelgan soha mutaxassislari qatnashdi.

Jahon paxta kuni 2019-yilda Afrikadagi toʻrtta paxtakor davlat — Benin, Burkina-Faso, Mali va Chad tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, har yili 7-oktabrda Jahon savdo tashkiloti va BMT koʻmagida nishonlanadi. Asosiy tadbir 2024-yilda Beninda, 2025-yilda esa Italiyada oʻtkazilgan. Bu yil konferensiya ilk bor Markaziy Osiyoda tashkil etildi: 2025-yil noyabrida prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi chogʻida vazir Abdurahmonov va Xalqaro paxta maslahat qoʻmitasi (ICAC) ijrochi direktori Erik Traxtenberg 2026-yilgi tadbirni Oʻzbekistonda oʻtkazishga kelishib olishgan.

Oʻzbekiston uchun bu sana alohida ahamiyatga ega. Anjumanda namoyish etilgan rasmiy videorolikda aytilishicha, Xalqaro mehnat tashkiloti 2021-yilda Oʻzbekistondagi paxta terimida tizimli majburiy mehnat tugatilganini qayd etgan, 2022-yil 10-martda esa Cotton Campaign koalitsiyasi oʻzbek paxtasiga qarshi boykotni rasman bekor qilgan. Shundan soʻng Oʻzbekiston oʻz paxtasini xalqaro bozorda yana erkin sota boshlagan.

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri, biologiya fanlari doktori Ibrohim Abdurahmonov nutqining asosiy qismini “5D” deb atalgan tamoyillarga bagʻishladi — inglizcha diversify, doable, design, discipline, durable soʻzlarining bosh harflari. Yaʼni navlar va texnologiyalarni xilma-xil qilish, qoidalarni fermer bajara oladigan darajada soddalashtirish, dalani aniq sxema asosida rejalashtirish, intizom va barqarorlik.

Vazirning aytishicha, iqlim tez oʻzgarayotgan bir paytda bitta nav va bitta usul bilan cheklanib boʻlmaydi, shu sabab Oʻzbekiston dunyoning turli seleksiya markazlaridan navlarni olib kelib, sinab koʻrgan va moslashtirgan. “Biz har qanday agrotexnologiyaga ochiqmiz”, dedi Abdurahmonov.

Uning soʻzlariga koʻra, paxtachilikdagi koʻplab texnologiyalar fermer uchun murakkab boʻlgani uchun amalda qoʻllanmay qoladi, shu bois ikkinchi tamoyil — bajarish mumkin boʻlgan soddalik. Masalan, gʻoʻzaning boʻyi haqidagi qoidani vazir shunday tushuntirdi:

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.