Mahalliy

Prezident ikki xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

«Biz 2030 yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni 2 barobar, eksport va qo‘shilgan qiymatni 3 karra

Prezident ikki xalqaro anjuman qatnashchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro paxta kuni hamda Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

Ushbu forumlarda dunyoning 30 dan ziyod mamlakatidan taniqli olim va ekspertlar, tadbirkorlar, shuningdek, ko‘plab xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.

O‘zbek dehqonlari paxtachilik borasida ulkan tajribaga ega. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar tufayli bu soha yangi bosqichga ko‘tarildi. Izlanuvchan olimlar tomonidan g‘o‘zaning 300 ga yaqin ertapishar navi yaratildi. Paxta ekish, parvarishlash va yig‘ib olish jarayoni to‘liq mexanizatsiyalashtirildi. Bugungi kunda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hisobiga dehqon-fermerlar gektaridan 100 sentnergacha paxta hosili olmoqda.

Hozirgi paytda iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, qurg‘oqchilik kabi muammolar bilan birga logistika zanjiridagi uzilishlar ham oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 645 milliondan ortiq odam ochlikdan aziyat chekmoqda. Xalqaro ekspertlar ta’kidlashicha, tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmasa, 2028 yilda bu ko‘rsatkich 1 milliardga yetishi mumkin.

«Insoniyat kelajagiga tahdid solayotgan bunday xatarlarni bartaraf etish ko‘p qirrali sheriklik va birgalikdagi sa’y-harakatlarga bog‘liq. Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan davlatlar uchun yuqori transport xarajatlari va tranzit mamlakatlardagi muammolar jiddiy g‘ov bo‘lib qolmoqda. Bunday qiyinchiliklar oziq-ovqat xavfsizligiga ham ta’sir ko‘rsatadi, albatta. Shu bois, biz oziq-ovqat mahsulotlari logistikasi va savdosining to‘liq erkinligi hamda oziq-ovqat yetkazishni tartibga soluvchi qoidalarni soddalashtirish tarafdorimiz.

Biz 2030 yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni 2 barobar, eksport va qo‘shilgan qiymatni 3 karra oshirish bo‘yicha katta marra olganmiz. Bu maqsadlarga erishish uchun xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish niyatidamiz»

Markaziy Osiyodan boshlab, dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan davlatlar va tranzit hamkorlarni bog‘laydigan oziq-ovqat hamkorligi dasturini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xususiy investorlar oziq-ovqatni qayta ishlash, sovitkichli saqlash va tashish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga chaqirildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.