Oʻzbekiston maktablarida bolalarga insultning ilk belgilarini aniqlash oʻrgatiladi
1 noyabrdan Oʻzbekiston maktablarida «FAST — superqahramonlar» xalqaro dasturi joriy etila boshlanadi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari insult belgilarini aniqlashni va qachon tez yordamni shoshilinch chaqirish kerakligini tushunishni oʻrganadilar. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi sʼalum qildi. Birinchi bosqichda mashgʻulotlar Toshkentning Olmazor tumanidagi yettita maktabda hamda Samarqand, Kattaqoʻrgʻon va Ishtixon tumanlaridagi oltata maktabda oʻtkaziladi. Dastur moʻljallangan […]

Oʻzbekiston maktablarida bolalarga insultning ilk belgilarini aniqlash oʻrgatiladi
1 noyabrdan Oʻzbekiston maktablarida «FAST — superqahramonlar» xalqaro dasturi joriy etila boshlaydi. Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻquvchilari insult belgilarini aniqlashni va qachon zudlik bilan tez yordam chaqirish kerakligini tushunishni oʻrganishlari mumkin boʻladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.
Birinchi bosqichda mashgʻulotlar Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi yettita maktabda hamda Samarqand shahri, Kattaqoʻrgʻon va Ishtixon tumanlaridagi oltata maktabda oʻtkaziladi. Dastur birinchi sinfdan toʻrtinchi sinfgacha boʻlgan oʻquvchilarga moʻljallangan.
Bolalarga insultning uchta asosiy belgisi: yuz asimmetriyasi, qoʻldagi ojizlik va nutqning buzilishi boʻyicha uni qanday aniqlash mumkinligi aytib beriladi. Bunday simptomlar paydo boʻlganda, darhol kattalarga xabar berish va 103 raqami orqali tez yordam chaqirish kerak.
Mashgʻulotlar qahramonlar va videomateriallardan foydalangan holda oʻyin shaklida oʻtkaziladi. Bolalar, shuningdek, xavfli simptomlarni oʻz vaqtida aniqlashga yordam berish uchun olgan bilimlarini ota-onalari, buvi va bobolariga ulashishlari mumkin boʻladi.
Dastur Angels Initiative xalqaro tashabbusi tomonidan ishlab chiqilgan. U dunyoning 40 ga yaqin mamlakatida ikki milliondan ortiq bolani qamrab olgan.
Dasturning joriy etilishi 2026 yil yanvar oyida qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi kurashish boʻyicha milliy dasturda nazarda tutilgan.

