Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq yangradi — fotoreportaj

Maktablarda ilk qo‘ng‘iroq chalingani haqida fotoreportaj
O‘zbekistonning barcha maktablarida 2-sentyabr kuni yangi o‘quv yilining boshlanishini bildiruvchi ilk qo‘ng‘iroq sadolari yangradi. Bu yil birinchi sinfga qabul qilingan har bir bolaga “Prezident sovg‘asi” topshirildi. Ushbu sovg‘a 12 turdagi o‘quv anjomlari va o‘quvchi sumkasidan iborat bo‘ldi. “Daryo” nashri avvalroq “Prezident sovg‘asi” tarkibiga nimalar kirishi haqida maqola e’lon qilgan edi.
Qayd etish joizki, 2026-yilda 795 mingdan ziyod bola 1-sinfga qabul qilingan. 2026/27-o‘quv yilida O‘zbekistondagi jami 10 ming 225 ta umumta’lim maktabida 550 mingdan ortiq o‘qituvchi 6,7 million nafardan ziyod o‘quvchiga ta’lim-tarbiya beradi.

