Iqtisodiyot

Oʻzbekiston avtomobil bozoridagi faollik yuqoriligicha qolmoqda

Umuman olganda, avtomobil bozori barqaror dinamikani saqlab qolmoqda, bunda asosiy faollik yangi avtomobillar va elektromobillar segmentlarida jamlangan.

Oʻzbekiston avtomobil bozoridagi faollik yuqoriligicha qolmoqda

2026 yilning iyul oyi yakunlariga koʻra, barcha turdagi avtotransport vositalarining umumiy sotuv hajmi qariyb 80 ming birlikni tashkil etdi, bu esa oʻtgan oydagi koʻrsatkich bilan deyarli bir xil (-0,7%).

Iyul oyida yengil avtomobillar sotuvi iyun oyi darajasida qolib, bir oy oldingi 61,4 ming birlikka nisbatan 61,1 ming birlikni tashkil etdi.

Yangi yengil avtomobillar realizatsiyasi 5,9% ga oʻsib, 25,4 ming birlikka yetdi.

Asosiy hissani mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar taʼminladi: ularning sotuvi 8,3% ga oshib, 20,4 ming birlikni tashkil etdi.

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar sotuvi oʻtgan oyga nisbatan qariyb 3% ga kamayib, 5 ming birlikni tashkil etdi.

Iyul oyida haydalgan (ikkilamchi bozordagi) yengil avtomobillar sotuvi 4,4% ga qisqarib, 35,7 ming birlikni tashkil etdi.

Bir oy davomida birlamchi va ikkilamchi bozorlarda 9,3 ming dona elektromobil sotildi, bu oʻtgan oydagiga nisbatan 10,8% ga koʻpdir.

Sotuvlar oʻsishi respublikaning aksariyat hududlarida qayd etildi. Eng sezilarli oʻsish Toshkent viloyatida — 699 birlikka va Fargʻona viloyatida — 428 birlikka kuzatildi.

Shu bilan birga, elektromobillar bozori avvalgidek poytaxtda yuqori darajada jamlanishi bilan ajralib turadi. Iyul oyida Toshkentda 6 ming dona elektromobil realizatsiya qilindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.