Mahalliy

Oʻzbekiston 2027 yilda SHHT bosh prokurorlari yigʻilishiga mezbonlik qiladi

Oʻzbekiston 2027 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar bosh prokurorlarining navbatdagi yigʻilishiga mezbonlik qiladi.

Bunday qaror 1 oktyabr kuni Qozonda boʻlib oʻtgan SHHT davlatlari bosh prokurorlarining 24-yigʻilishi yakunlari boʻyicha eʼlon qilindi. Uchrashuvda tashkilotga aʼzo davlatlar nazorat organlari rahbarlari, shuningdek, SHHT bosh kotibi Nurlan Yermekbayev va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) Ijroiya qoʻmitasi direktori Ularbek Sharsheyev ishtirok etdi.

Yigʻilishning asosiy mavzularidan biri voyaga yetmaganlarni noqonuniy va destruktiv kontentdan himoya qilish boʻldi. Tomonlar xavfsiz axborot muhitini yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun maʼlumot va huquqni qoʻllash tajribasi bilan almashish, shuningdek, qoʻshma tadbirlar oʻtkazishga kelishib oldilar. Yigʻilish yakunlari boʻyicha tegishli bayonnoma imzolandi.

1 sentyabr kuni Bishkekda SHHTning yubiley sammiti boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashkilot doirasida, jumladan, sanoat, sunʼiy intellekt, transport, energetika va suv xavfsizligi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.