O‘zbekiston Ozarbayjon bilan 2027-yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasini imzoladi
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik do‘stona va qardoshlik munosabatlariga

O‘zbekiston va Ozarbayjon 2027-yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasini imzoladi
O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Shuhrat Xolmuhamedov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Hasanov bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik do‘stona va qardoshlik munosabatlariga tayanishini ta’kidladilar. Shuningdek, ikki mamlakat armiyalarini rivojlantirish va mustahkamlashda hamkorlikning ahamiyati qayd etildi.
Tomonlar harbiy va harbiy ta’lim yo‘nalishlaridagi hamkorlik, shuningdek, mudofaa sohasidagi boshqa masalalar yuzasidan batafsil fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘rtasida 2027-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasi imzolandi.

