Mahalliy

Oʻtgan 9 oy davomida 107 mingdan ortiq himoya orderi rasmiylashtirildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aliment boʻyicha 305 ta, ijro harakatlari boʻyicha 223 ta, uyga kiritish boʻyicha 76 ta, hujjatlarni tiklash boʻyicha 37 ta va mulkni boʻlish boʻyicha 30 ta amaliy yordam koʻrsatilgan.

Oʻtgan 9 oy ichida 107 mingdan ziyod himoya orderi rasmiylashtirildi

2026-yilning dastlabki 9 oyi davomida tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish maqsadida 107 167 ta himoya orderi rasmiylashtirilgani haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlum qildi.

Agentlik maʼlumotiga koʻra, oʻtgan davr mobaynida birlamchi koʻmak xonalarida 5 995 nafar ayol va 2 842 nafar bola yordam olgan.

Hududiy reabilitatsiya markazlarida esa 1 132 nafar ayol va 1 575 nafar bolaga xizmat koʻrsatilgan.

Bundan tashqari, 453 nafar shaxs kasb-hunarga oʻrgatilgan, 836 nafariga tibbiy yordam olishda koʻmak berilgan. 352 nafar bolani maktabga, 541 nafarini esa bogʻchaga joylashtirishga yordam koʻrsatilgan.

Sudlarga 810 ta ariza kiritilgan. Aliment boʻyicha 305 ta, ijro harakatlari boʻyicha 223 ta, uyga kiritish boʻyicha 76 ta, hujjatlarni tiklash boʻyicha 37 ta va mulkni boʻlish boʻyicha 30 ta amaliy yordam berilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.