Mahalliy

Ehtiyojmand oilalarni baholash, ishlaydigan onalarga nafaqa va vaucher tizimi — ijtimoiy himoyada qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

2027 yil 1 yanvardan boshlab aholini ijtimoiy yordam va xizmatlarga muhtojligini aniqlash hamda oilalarni Ijtimoiy

Ehtiyojmand oilalarni baholash, ishlaydigan onalarga nafaqa va vaucher tizimi — ijtimoiy himoyada qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

2027 yil 1 yanvardan boshlab aholini ijtimoiy yordam va xizmatlarga muhtojligini aniqlash hamda oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritishda yangi ko‘p o‘lchovli baholash tizimi joriy etiladi. Unda oilalarning moliyaviy ahvoli bilan birga surunkali kasalliklar, nogironlik, tashqi mehnat migratsiyasi va oiladagi bolalar soni kabi omillar ham inobatga olinadi. Bu prezidentning tegishli farmonida belgilangan.

Yangi tartibda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati balli skoring tizimi asosida baholanadi. Olingan natijaga qarab, oilalar tegishli toifalarga ajratilib, ularga ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsatiladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2026 yil 1 dekabrgacha oilalarni ko‘p o‘lchovli baholash tizimi orqali Ijtimoiy reyestrga kiritish, toifalarga ajratish va tegishli xizmatlarga yo‘naltirishning yangi tizimini amaliyotga joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Prezident Administratsiyasiga kiritishi belgilangan.

Shuningdek, 2027 yil 1 yanvardan boshlab mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xotin-qizlarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagan kundan boshlab farzandi bir yoshga to‘lgunga qadar Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan bolani parvarishlash nafaqasi to‘lash tartibi joriy etiladi. Ayrim davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari esa vaucher orqali taqdim etiladi.

Vaucher tizimi — davlat ijtimoiy yordamini oluvchi fuqaroga xizmat yoki to‘lovdan foydalanish huquqini elektron shaklda taqdim etish mexanizmi. Vaucher «mahalla yettiligi» tavsiyasi asosida shakllantiriladi va belgilangan muddat davomida amal qiladi. U orqali bolalarni bog‘chaga joylashtirish, o‘quvchilar uchun qo‘shimcha ta’lim, davolanish va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari qoplanishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Ijtimoiy reyestrga kirgan xodimlar uchun ayrim soliq imtiyozlarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Xususan, korxonalar xodimlari, birinchi navbatda Ijtimoiy reyestrga kirgan xodimlar uchun amalga oshirgan ayrim xarajatlarini foyda solig‘i bazasidan chegirish hamda yer va mol-mulk soliqlaridan ozod etish nazarda tutilmoqda.

Ushbu xarajatlarga korxona o‘z xodimlarining farzandlari uchun maktabgacha ta’lim obyektlarini qurish va ular topshirilgandan keyin uch yil muddatgacha saqlash, shuningdek, xodimlar uchun korxonada ishlagan davrida vaqtinchalik yashash uchun uy-joylar qurish va ulardan foydalanish xarajatlari kiritilishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.