Mahalliy

Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlariga 300 foiz ustama ommaviy ravishda berilmaydi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlariga 300 foiz ustama ommaviy tarzda berilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlariga Vazirlar Mahkamasining 17-sentyabrdagi qaroriga muvofiq 300 foizgacha ustama va 13,6 million so‘mgacha mukofot berilishi haqida xabarlar tarqaldi. Agentlik esa bu ma’lumotlarda qaror mazmuni to‘liq yoritilmaganini bildirdi.

Idora izohiga ko‘ra, qaror bilan uning tizimidagi tibbiy-ijtimoiy va ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi belgilangan. Unga binoan, har yili muassasalarning pullik xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari belgilanadi.

Mazkur ko‘rsatkichlarni bajarishga hissa qo‘shgan xodimlarni rag‘batlantirish ham nazarda tutilgan. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun mehnat terapiyasini yo‘lga qo‘yish, ularning kasbiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Ushbu faoliyatdan shakllangan byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar hamda shu jarayonga hissa qo‘shgan xodimlarni rag‘batlantirish mumkin.

Agentlik barcha xodimlarga majburiy ravishda 300 foiz ustama beriladi, degan qoida mavjud emasligini alohida ta’kidladi. Qarorda ko‘rsatilgan 300 foizgacha, 5 baravarigacha yoki 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorlar rag‘batlantirishning eng yuqori chegaralarini anglatadi.

Rag‘batlantirish miqdori muassasada shakllangan budjetdan tashqari mablag‘lar, xodimning ushbu jarayonga qo‘shgan hissasi va belgilangan tartib asosida aniqlanadi. Shu sababli mazkur to‘lovlar barcha xodimlarga bir xil yoki majburiy tarzda berilmaydi.

Shuningdek, xodimlarning lavozim maoshiga davlat byudjeti hisobidan majburiy ravishda 300 foiz qo‘shimcha to‘lov joriy etilmagan. Muassasada tegishli budjetdan tashqari mablag‘ shakllanmagan bo‘lsa, ushbu mablag‘lar hisobidan rag‘batlantirish ham amalga oshirilmaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.