Iqtisodiyot

Oʻsimlik yogʻini markirovkalash: ekspertlar tizimning kengayishga tayyorligini baholashni taklif qilmoqdalar

Soliq qoʻmitasi oʻsimlik yogʻini majburiy markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar roʻyxatiga kiritishni taklif qildi. Tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

Oʻsimlik yogʻini markirovkalash: ekspertlar tizimning kengayishga tayyorligini baholashni taklif qilmoqda

Kun.uz suhbatdoshlarining fikricha, yangi talablarni joriy etishdan oldin ular mahsulot narxiga, aholining xarid qobiliyatiga va ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga qanday taʼsir qilishi mumkinligini tushunib olish zarur. Bundan tashqari, ular amaldagi markirovkalash tizimi qanchalik samarali ishlayotganini oldindan oʻrganishni va yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish yoʻllarini oʻylab koʻrishni taklif qilmoqdalar.

Bakirovning soʻzlariga koʻra, tashabbusning asosliligini baholash uchun qoʻshimcha iqtisodiy hisob-kitoblar kerak. Xususan, u sohadagi yashirin aylanma hajmi va markirovkalashdan kutilayotgan effekt haqida maʼlumotlar yoʻqligini koʻrsatib oʻtdi.

«Bozorimiz hajmi qancha? Undagi kontrafakt mahsulotlar miqdori ularning baholashicha qanchani tashkil etadi? Oʻsimlik yogʻi aylanmasi va ishlab chiqarilishining qancha qismini yashirin iqtisodiyotga ajratish mumkin? Hech qanday maʼlumot yoʻq. Kutilayotgan iqtisodiy effekt boʻyicha hisob-kitoblar ham mavjud emas.

"Biz biznesimiz, savdo va isteʼmolchilarimiz zimmasiga faloncha xarajatlarni yuklaymiz, evaziga esa faloncha iqtisodiy effekt olamiz" degan mazmundagi hisob-kitoblar taqdim etilmagan. U yoki bu tovarni markirovkalanishi kerak boʻlgan mahsulotlar roʻyxatiga kiritishdan oldin mustaqil baholashni oʻtkazish zarur»,

— dedi iqtisodchi.

U, shuningdek, oʻsimlik yogʻi kundalik isteʼmol tovarlariga kirishini taʼkidladi. Shu sababli, uning fikricha, qoʻshimcha xarajatlar kam taʼminlangan oilalarga qanday taʼsir qilishi mumkinligini oldindan baholash lozim.

Murod Muhammadjonnovning hisoblashicha, markirovkalanadigan mahsulotlar roʻyxatini kengaytirishdan oldin amaldagi tizimning, jumladan, ishlab chiqarish va logistika bosqichlaridagi ish tajribasini baholash lozim.

«Birinchi navbatda: markirovkalash tizimi toʻgʻri ishlayaptimi, degan savolga javob berish kerak. Ishlab chiqarish jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Lazerli markirovkalashda loaqal bir marta xatolik yuz bersa, tsexdagi butun tarmoq toʻxtaydi va uni qaytadan ishga tushirishga toʻgʻri keladi.

Logistikada ham muammolar bor. Kodlarning takrorlanishi holatlari kuzatilmoqda: markirovkalangan tovar kodini skaner qilishga uringaningizda, u boshqa joyda ishlatib boʻlingani maʼlum boʻladi. Tizimning oʻzidagi muammolar hali hal qilinmagan, lekin unga allaqachon yangi tovarlarni qoʻshishmoqda»,

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.