Oʻqituvchilarning yangi bazaviy tarif stavkalari belgilandi
Oʻzbekistonda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi xodimlari uchun yangi bazaviy tarif stavkalari tasdiqlandi. Yangi stavkalar 2026-yil 1-sentabrdan boshlab amal qiladi.

Oʻqituvchilar uchun yangi bazaviy tarif stavkalari belgilandi.
Yangi bazaviy tarif stavkalari maktablar hamda qoʻshma taʼlim, madaniyat va sport muassasalari, shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tizimidagi rahbarlar, pedagoglar va boshqa xodimlarga tatbiq etiladi.
Shuningdek, tuman va shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari hamda maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmatlari xodimlari uchun ham yangi stavkalar belgilangan.
Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-sentabrdan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari tasdiqlangan yangi miqdorlarda hisoblanadi.

